Toshkentda issiqlik ta’minoti masalalari bo‘yicha murojaatlar uchun Call-markaz ishga tushirildi

Ta’kidlanishicha, oktabr oyidan boshlab Toshkent shahrida “Veolia Energy Tashkent” tuman boshqarmalariga telefon qo‘ng‘iroqlari uchun yagona raqam ishlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi 1347 qisqa raqamiga ega aloqa markazini (Call-markaz) ishga tushirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, oktabr oyidan boshlab Toshkent shahrida “Veolia Energy Tashkent” tuman boshqarmalariga telefon qo‘ng‘iroqlari uchun yagona raqam ishlamoqda.
Iste’molchilar tuman bo‘limiga quyidagilar uchun qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:
issiqlik ta’minoti xizmatlari bo‘yicha maslahat olish;
iste’molchi balansini bilish;
issiqlik tarmoqlaridagi muammolar haqida xabar berish;
ish vaqtidagi qoidabuzarliklar haqida xabar berish;
hisoblagichlarni davlat tekshiruvidan o‘tkazish muddatlari haqida ma’lumot olish;
issiqlik energiyasi hisoblagichlarining ko‘rsatkichlarini uzatish;
issiq suv uzilishlari haqida ma’lumot olish.
Qayd etilishicha, Call-markaz ishi yaxshilangani sari taklif etilayotgan xizmatlar ro‘yxati kengayadi.