Toshkent moliya instituti talabalari Rossiyada o‘tkazilgan xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi

Mazkur olimpiadada 19 davlatning 500 dan ortiq talaba yoshlari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Rossiyaning Sochi shahrida moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha III Xalqaro olimpiada bo‘lib o‘tdi. Toshkent moliya instituti talabalari ushbu xalqaro olimpiadada g‘olib bo‘ldi, deya xabar berdi institut matbuot xizmati.
Xususan, “Bank ishi” fakulteti 4-kurs talabasi Sitorabonu Xamroxo‘jayeva 1-o‘rinni, “Budjet hisobi va g‘aznachilik” fakulteti 4-kurs talabasi Nazira Xodjaraxmanova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur olimpiadada 19 davlatning 500 dan ortiq talaba yoshlari va maktab o‘quvchilari ishtirok etdi.