"TikTok" O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

"TikTok" ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda 2021-yilning yozida bloklangan edi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. 5 oktabr kuni TikTok PTE LTD (Cingapur) O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi. Bu Soliq qo‘mitasining ma’lumotlar bazasidan ma’lum bo‘ldi.
Endi xizmatlar uchun to‘lov 12 foiz QQSni o‘z ichiga oladi.
2021 yil iyul oyida “O‘zkomnazorat” "Twitter", "TikTok", "VKontakte", "WeChat" va "Skype"ni mamlakatning “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunini buzganlikda ayblab, ular faoliyatini cheklagan edi. Chunki yangi qonunga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlar va internet-kompaniyalar O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini mamlakat ichida joylashgan serverlarda qayta ishlashga majbur.
O‘sha yili 1-avgustdan boshlab "TikTok"dan tashqari boshqa ijtimoiy tarmoqlar blokdan chiqarilgan edi.