TOShKENT, 9 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda keyingi yillarda O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik shaklida rivojlanib borayotgani, mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada jonlanib, muntazamlik kasb etib borayotgani qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan parlamentlararo aloqalarni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga ham urg‘u berildi.