TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Falastin muammosini hal etishga doir qarori bajarilishi shart, buni kechiktirib bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Arab davlatlari ligasi bosh kotibi Ahmad Abu al-G‘ayt bilan muzokaralar yakuniga ko‘ra ma’lum qildi.
“Falastin muammosini boshqa ortga surib bo‘lmaydi, BMT qarorlari bajarilishi shart”, - dedi Lavrov.
Rossiya vazirining so‘zlariga ko‘ra, Arab davlatlari ligasi Yaqin Sharq mintaqasidagi vaziyatni izga solishda katta rol o‘ynashi mumkin.