Dollar tushishda davom etmoqda — 10-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

So‘m xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlandi.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 10-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,76 so‘mga arzonlashdi va 12 180,05 so‘mni tashkil qildi. Yevro birdaniga 34,66 so‘mga qadrsizlandi va 12 829,24 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl ham 0,74 so‘mga arzonlashib, 120,76 so‘mni tashkil qildi.