TIV Afg‘onistondagi zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi

Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistonda yuz bergan zilzila qurbonlarining oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Bu haqda vazirlik saytida bayonot e’lon qilindi.
Ta’kidlanishicha, Afg‘onistonning g‘arbiy viloyatlarida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga olib kelgan zilzila haqidagi xabar O‘zbekistonda chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
“Zilzila qurbonlarining oila a’zolariga samimiy hamdardlik bildiramiz, afg‘on xalqining qayg‘usiga sherikmiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. O‘zbekiston tomoni Afg‘oniston va uning xalqi bilan bugungi og‘ir damlarda birgadir”, - deyiladi bayonotda.
Kecha Afg‘oniston g‘arbida 6,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Uning oqibatida 2 mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi.