TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Yallama” chegara bojxona postida 20 kg "geroin" fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda "Yallama" bojxona postida hujjatlarda "bo‘sh" deb ko‘rsatilgan mashina yukxonasidan 20 kg "geroin" borligini fosh qilishdi.
Geroin post orqali respublikadan chiqib ketayotgan fuqaro boshqaruvidagi "Mersedes-Bens" avtotransport vositasi aniqlandi. Geroin yukxonaning tag qismidagi xufiya bo‘lmalarida 36 dona usti skotch bilan o‘ralgan holda topildi.