TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Xitoyda o‘tayotgan Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida Sevinch Rahimova oltin medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy oliimpiya qo‘mitasi.
Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova delegatsiya uchun oltin medalni keltirdi.
Sevinch Rahimova Osiyo o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi
© NOK
-55 kg vazn toifasida bahs olib borgan sportchi finalda Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Kuni mag‘lubiyatga uchratishga muvaffaq bo‘ldi.