Xanchjou-2022: karate WKF bo‘yicha sportchi Sevinch Rahimova oltin medal uchun jang qiladi

Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi 9 sport turida medallar uchun bahs olib boradi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Bugun Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimova oltin medal uchun jang qiladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Karate WKF bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sevinch Rahimovaning g‘alabali ishtiroki davom etadi. U yarim finalda janubiy koreyalik Suxun Xvangni 8:0 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Rahimova bugun kechki dasturda oltin medal uchun Xitoy Taipeyi vakili Sui-Ping Ku bilan jang qiladi.
Sevinch Rahimova dastlabki bosqichda tailandlik Sirikamonnate Chokprasertgul, chorak finalda esa xitoylik Jimei Dingni mag‘lubiyatga uchratgan.
Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlari yakunlanib bormoqda. Bugun O‘zbekiston delegatsiyasi 9 sport turida medallar uchun bahs olib boradi.