TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston prezidentining tashrifi 5-oktabr kuni Qozon shahridan boshlandi. U yerda Shavkat Mirziyoyev Rossiya - O‘zbekiston uchinchi mintaqalararo forumida ishtirok etdi va Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasini tomosha qildi. Shuningdek Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya hukumat muassasalari, uyushma va kompaniyalari orasida jami 24 ta hujjat imzolandi. Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokara yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilishdi.