O‘zbekiston va Rossiya avtomobil va temir yo‘l orqali yuk tashuvlari hajmini oshirmoqchi

Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya muqobil yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni tashkil etiladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Transport vaziri Ilxom Maxkamov Rossiya transport vaziri Vitaliy Savelev bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda transport sohasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.
O‘zbekiston va Rossiya avtomobil va temir yo‘l orqali yuk tashuvlari hajmini oshirmoqchi
Tomonlar avtomobil va temir yo‘l transporti orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, xalqaro transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirishga kelishib olishdi.
O‘zbekiston va Rossiya avtomobil va temir yo‘l orqali yuk tashuvlari hajmini oshirmoqchi
"Ikki mamlakat o‘rtasida O‘zbekiston – Turkmaniston – Kaspiy dengizi – Rossiya muqobil yo‘lagi bo‘ylab yuk tashishni tashkil etish, transport sohasini raqamlashtirish va ushbu yo‘nalishda o‘zaro tajriba almashish yuzasidan hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olishdi", — deyiladi xabarda.
Shuningdek, Toshkent – Moskva shartnomaviy yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha yangi kelishuvga erishildi.