Mirziyoyev Moskvadagi Islom Karimov xiyobonida bo‘ldi — foto

Davlati rahbari mamlakatning Birinchi prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlati rahbari mamlakatning Birinchi prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
1 / 6
2 / 6
3 / 6
4 / 6
5 / 6
6 / 6
Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ldi. O‘zbekiston prezidentining tashrifi 5-oktabr kuni Qozon shahridan boshlandi. U yerda Shavkat Mirziyoyev Rossiya - O‘zbekiston uchinchi mintaqalararo forumida ishtirok etdi va Tatariston sanoat salohiyati ko‘rgazmasini tomosha qildi. Shuningdek Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan uchrashdi.
Mirziyoyevning Rossiyaga rasmiy tashrifining ikkinchi kuni qanday o‘tdi — video