TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Isroil armiyasi raketa zarbalari tufayli “jangovar tayyorgarlik holati” e’lon qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Bugun ertalab Tel-Avivda raketa haqida ogohlantirish sirenalari ikki marta yangradi. Shaharda Isroil havo mudofaa tizimi ishlamoqda.
Qayd etilishicha, avvalroq radikallar G‘azo sektoridan Isroilga o‘nlab raketalarni otgan. Shifokorlar Isroil janubida keksa ayolning raketa qulashi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.
Isroil mudofaa kuchlari bayonotida "Isroil mudofaa kuchlari jangovar tayyorgarlik holatini e’lon qiladi", deyilgan.
Shuningdek, xabarda aytilishicha, janubiy va markaziy hududlardagi tinch aholi boshpana yaqinida, G‘azo sektoriga tutash hududda esa boshpana ichida qolishi kerak. Bosh shtab rahbari hozirda vaziyatni baholamoqda va Isroil mudofaa kuchlari faoliyatini davom ettirish rejalarini tasdiqlamoqda.
Qurbonlar haqidagi ilk ma’lumotlar Isroildagi vaziyat keskinlashganidan keyin paydo bo‘ldi: OAV xabarlariga ko‘ra, raketa hujumlari munosabati bilan 80 ga yaqin jabrlanuvchi shifoxonalardan biriga yetkazilgan.