Futbol: bugun O‘zbekiston Gonkongga qarshi maydonga tushadi

O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Bugun Xitoyda o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi “bronza” uchun kurashadi, deya xabar berdi O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi.
O‘zbekiston terma jamoasi Gonkongga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Shangchen stadionida O‘zbekiston mahalliy vaqti bilan soat 13:00da bo‘lib o‘tadi. O‘yin "Sport" telekanali orqali efirga uzatiladi.
Gollar va xavfli vaziyatlar videosini telegram kanalimizda ko‘rishingiz mumkin.
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston “bronza” uchun kurashadi