Afg‘onistonda zilzila oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 78 kishi jarohatlandi

Bugun Afg‘oniston g‘arbida 6,4 magnitudali bir necha zilzila sodir bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Afg‘oniston g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 78 kishi jarohatlandi. Bu haqda Hirot viloyati sog‘liqni saqlash departamenti direktori Muhammad Tolib Shahid ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida shanba kuni sodir bo‘lgan 6,3 magnitudali zilzila oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi, 78 kishi jarohatlandi”, deyiladi xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, bino vayronalari ostidan jasadlar topilgani tufayli qurbonlar soni ortishi mumkin.