Xanchjou-2022: o‘zbekistonlik futbolchi qizlar Osiyo o‘yinlarida to‘rtinchi bo‘lishdi

Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekistonlik futbolchi qizlar debut Osiyo o‘yinlarida to‘rtinchi bo‘lishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Birinchi bor Osiyo o‘yinlarida qatnashgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani kuchli to‘rtlikda yakunladi.
Midori Honda boshchiligidagi jamoamiz bugun musobaqa mezboni Xitoyga qarshi bronza medali uchun kechgan bahsda 0:7 hisobida imkoniyatni boy berdi.
1 / 3
2 / 3
3 / 3
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik futbolchi qizlar chorak finalga yo‘l olishgan edi. Ular guruh bosqichidagi so‘nggi turni Xitoyga qarshi o‘tkazib, 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchrashdi. Ammo birinchi turda Mo‘g‘uliston ustudin qozonilgan xuddi shu hisobdagi g‘alaba chorak finalga chiqish uchun yetarli bo‘ldi.
Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston “bronza” uchun kurashadi