TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Toshkent shahri Olmazor tumanidagi Rixsiliy ko‘chasi vaqtincha yopiladi, deya xabar berdi poytaxt hokimligi.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida 7-oktabr soat 09:00 dan 12-oktabr 17:00 gacha Olmazor tumani Rixsiliy ko‘chasining Yangi Qoraqamish ko‘chasi bilan kesishmasidan va Binkat ko‘chasigacha bo‘lgan qismida ta’minot quvurlari ta’mirlanadi.
Ulitsa Rixsiliy budet vremenno zakrita
© Xokimiyat goroda Tashkenta
“Shu sababli, yo‘lning bir tomoni transport harakati uchun yopiladi, har ikki yo‘nalishda harakatlanish yo‘lning ikkinchi tomonida amalga oshiriladi”, — deyiladi xabarda.
Xabarda haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya qilingan.