Rossiya va O‘zbekiston o‘zaro savdosi 14 foizga o‘sdi

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash joriy yilning 7 oyida 14,4 foizga o‘sdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi joriy yilning birinchi yetti oyida yillik hisobda 14,4 foizga o‘sdi, deyiladi Kreml matbuot xizmati tomonidan Shavkat Mirziyoyev tashrifi oldidan tayyorlangan axborot materiallarida.
"Rossiya O‘zbekistonning savdo hamkorlari orasida birinchi o‘rinda turadi (umumiy tashqi savdo hajmining 18,6 foizi). 2022-yilda tovar ayirboshlash 26 foizga o‘sdi va 8,7 milliard dollarni, eksport 6,1 milliard dollarni (+17,7 foiz), import 2,6 milliard dollarni (+51,3 foiz) tashkil etdi”, —deyiladi hisobotda.
Joriy yilning yetti oyi davomida tovar ayirboshlash hajmi 5,2 milliard dollardan (+14,4 foiz) oshdi, shu jumladan eksport — 3,5 milliard dollar (+7,4 foiz), import — 1,7 milliard dollarni (+32,6 foiz) tashkil qildi, — deyiladi ma’lumotnomada.
Shuningdek, Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotining asosiy sarmoyadorlaridan biri ekani ham qayd etilgan. Rossiya kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyotiga kiritgan umumiy investitsiyalar miqdori 13 milliard dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokidagi 3 mingga yaqin korxona, Rossiyada O‘zbekiston kapitali ishtirokida tashkil etilgan 700 ga yaqin korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-7 oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga kelgan. Tashrif davomida Mirziyoyev Qozonda bo‘lib o‘tgan Rossiya-O‘zbekiston hududlararo forumida ham bo‘ldi.