Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda — Mishustin

Shavkat Mirziyoyev va Mixail Mishustin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiyada eng ko‘p o‘zbekistonlik talabalar tahsil olmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ma’lum qildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
"O‘zaro hamkorligimizning juda muhim sohasi - ta’lim haqida ham aytmoqchiman. O‘zbekistonlik talabalarning eng ko‘p soni Rossiyada 63 ming nafarni tashkil qiladi. Hukumat kvotasi 800 tagacha oshirildi. O‘zbekistonda Rossiya oliy o‘quv yurtlarining 15 ta filiali ochildi. Menimcha, bu erda yaqinroq hamkorlik qilish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud", — dedi Mishustin.