Rossiya yangi dunyo tartibini qanday yaratadi — Putin nutqidan asosiy fikrlar
Ukraina mojarosining asl sabablari, G‘arb mustamlakachiligi yakuni, Rossiyaning teng huquqili sivilizatsiyalarga asosilangan yondashuvi, — Putinning Valday klubidagi nutqidan eng muhim fikrlar.
SputnikTOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubining XX majlisida nutq so‘zladi.
Kulubning bu safargi diskussiyasi mavzusi "Adolatli ko‘p qutblilik: barcha uchun xavfsizlik va taraqqiyotni qanday ta’minlash kerak".
Bugungi vaziyat tarixi
O‘tgan asr davomida ko‘plab qirg‘inbarot urushlarni boshidan kechirgan insoniyat, afsuski, 21-asr boshida ham o‘zaro harbiy va mafkuraviy qarama-qarshiliklardan voz kecha olmadi. Vaholanki, bugungi kunda odamzot qo‘lida jamlangan qurollar Yer sharini bir umrga yo‘q qilib yuborishga qodir. Undan tashqari insoniyat ko‘plab, birgalikda hal qilish kerak bo‘lgan global muammolarga yuz tutmoqda. Lekin ushbu oddiy haqiqatlar barchaga ayon deb o‘ylasangiz xato qilasiz.
Bundan 20-yil oldin, "Valday" klubining dastlabki uchrashuvi vaqtida bizning mamlakat SSSR tarqalib ketganidan so‘ng duch kelgan o‘ta og‘ir muammolarni hal qilayotgan vaqtlar edi. O‘shanda biz endi dunyoda tinchlik bo‘ladi, bizning mamlakat barcha bilan birgalikda jahon rivojiga hissa qo‘shamiz, deb o‘ylagan edik.
Afsuski, bizning konstruktiv o‘zaro hamkorlikka tayyorligimizni, ba’zilar noto‘g‘ri tushunishdi - ular buni bo‘ysunish, sovuq urushda o‘zlarini g‘olib deb e’lon qilganlar oldida itoatkorlik deb tushunishdi. Bizning yillar davomida ko‘plab urunishlarimizga hech kim quloq solmadi. Bizning G‘arbdagi hamkorlarimizning o‘ziga ishonchi har qanday chegaradan chiqib ketdi. Ular barchani o‘ziga itoat qildirishga urinishlarini qo‘ymadi.
O‘tgan yillar davomida biz bir necha bor ogohlantirdik: bu yondashuv nafaqat boshi berk ko‘chaga olib keladi, harbiy to‘qnashuv xavfi ortadi, lekin hech kim bizni eshitgisi kelmasdi. G‘arbdagi "hamkorlar" deb atalganlarning takabburligi, bilasizmi, shunchaki chegarasiz edi, boshqacha aytish mumkin emas.
Qo‘shma Shtatlar va uning sun’iy yo‘ldoshlari gegemonlik yo‘lini qat’iy belgilab oldi - harbiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, hatto ma’naviy qadriyatlarda ham o‘z monopoliyasini o‘rnatishga urinishlar bo‘ldi. Bularning barchasi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bizga boshidan ayon edi.
Axir, bizning dunyo o‘ta murakkab va rang-barang. Barchani bir yo‘singa solib bo‘lmaydi. Hatto u o‘ta kuchli va uning orqasida G‘arbning ko‘p asrlar davomida to‘plagan ulkan qudrati turgan bo‘lsa ham.
G‘arbning gullab-yashnashi, asosan, ular asrlar davomida olib borgan mustamlakachilik siyosati, boshqa mamlakatlarni talon-taroj qilish evaziga erishilgan boylikdir. Bu haqiqat. Ular bunday rivojlanish darajasiga butun sayyorani talon-taroj qilish orqali erishishdi. G‘arb tarixiga nazar solsangiz u cheksiz istilolardan iborat. G‘arbning o‘z hokimligini, ulkan harbiy-moliyaviy piramidasini saqlab qolish uchun unga doimo yangi yoqilg‘iga - boshqalarga tegishli tabiiy, texnologik, inson resurslari kerak. Shuning uchun ham G‘arb shunchaki to‘xtay olmaydi va bunday niyati ham yo‘q. Shuning uchun ham bizning barcha takliflarimiz shunchaki e’tibordan chetda qoldi.
Biz hatto NATOga ham a’zo bo‘lishga tayyor edik, lekin ularga bunday davlat kerak emas. Axir endi oramizda hech qanday ideologik to‘siqlar yo‘q edi. Biz ham (SSSR tarqalganidan so‘ng) o‘zimizni, xalq tilida aytganda burjuy bo‘ldik deb hisoblar edik. Lekin bu yerda gap boshqa joyda edi. G‘arb bizni o‘ziga teng ko‘rmadi, ular o‘zini bizdan ustun qo‘ydi. Ular o‘z geosiyosiy maqsadlari yo‘lida hech kimning manfaatlari bilan hisoblashmaydi.
"Ukrainadagi urush"
“Ukrainadagi urush”ni biz boshlaganimiz yo‘q. Men buni bir necha bor aytganman. Aksincha, biz buni tugatishga harakat qilyapmiz. Axir 2014-yilda Kiyevda qonli, konstitutsiyaga zid davlat to‘ntarishini biz uyushtirganimiz yo‘q.
Agar bu voqea boshqa joyda sodir bo‘lganida, aksariyat anglo-saks dunyosiga xizmat qiluvchi OAVlar bunday qilish mumkin emas, bu demokratiyaga zid, deb jar solgan bo‘lardi. Lekin Ukrainada hammasi silliq o‘tdi. Ular hattto ushbu davlat to‘ntarishiga necha pul sarflashganini ham e’lon qilishdi.
Bu o‘sha vaqtda qrimliklar va sevastopolliklarni qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanardik. Biz u yerda davlat to‘ntarishini amalga oshirmadik, qrimliklar va sevastopolliklarni natsistlar kabi etnik tozalash bilan qo‘rqitmadik. Yoki ulardek Donbassni o‘qqa tutish va bombardimon qilish orqali tiz cho‘kishga majburlamadik. O‘z ona tilida (rus) so‘zlashmoqchi bo‘lganlarni qattiq jazolaymiz, deb do‘q-po‘pisa qilgan ham biz emas edik. Ular 9-yil davomida Donbassni o‘qqa tutishdi, bombardimon qilishdi. Kiyev rejimiga bo‘ysunmagan Donbassga qarshi tabiiy urush boshlandi. U yerda qurbon bo‘lgan bolalarni esa hech kim hisoblamadi. Ayniqsa, G‘arbda hech kim ular uchun qayg‘urmadi.
G‘arbning faol va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘magida Kiyev rejimi boshlagan urushi boshlanganiga o‘ninchi yil bo‘ldi va Rossiya bu urushni to‘xtatish uchun maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda.<...> Har qanday mas’uliyatli, suveren, mustaqil va o‘zini hurmat qiladigan davlat shunday qiladi.
O‘zboshimchalik hukm surayotgan, kimdir o‘zini yagona va jazosiz deb o‘ylayotgan xalqaro tizimida, gegemonga ma’qul kelmagan har qanday davlat zarba uchrashi aniq. Afsus bilan tan olishimiz kerakki, G‘arbdagi hamkasblarimiz o‘z reallik tuyg‘usini yo‘qotib, barcha mumkin bo‘lgan chegaralarni kesib o‘tishgan.
Ukraina inqirozi — bu hududiy mojaro emas. Rossiya dunyodagi eng katta hududga ega bo‘lgan davlat. Biz hech qanday qo‘shimcha hududlarni bosib olishdan manfaatdor emasmiz. Biz hali ham Sibirni, Sharqiy Sibirni va Uzoq Sharqni o‘zlashtirishimiz va rivojlantirishimiz kerak. Shuningdek, bu hududiy mojaro yoki hatto mintaqaviy geosiyosiy muvozanatni o‘rnatish ham emas. Masala ancha chuqurroq: gap yangi dunyo tartibiga asos bo‘ladigan tamoyillar haqida bormoqda.
Dunyoda barqaror tinchlik qachon o‘rnatiladi?
Har bir inson o‘zini xavfsiz his qila boshlagandagina, har bir kishining fikri hurmat qilinganda, dunyoda muvozanat paydo bo‘lganda, hech kim boshqalarni gegemon sifatida o‘zi xohlaganidek yashashga va o‘zini tutishga majburlay olmaganidagina barqaror tinchlik o‘rnatiladi.
"Blok"li yondashuvlar esa dunyoga doim tarqoqlik, "biz va ular" tushunchalari va qarama-qarshilik olib keladi. Bu 20-asrning yovuz merosi, G‘arb siyosiy madaniyatining mahsuli.
G‘arbga doim dushman kerak
Takror aytaman, G‘arbga doimo dushman kerak - G‘arbning ma’lum bir qismi, G‘arb elitasiga har doim umumiy dushman kerak. Chunki o‘shandagina ular unga qarshi kurash uchun kuchli harakatlar va kengayish zarurligini tushuntira oladi. O‘shandagina NATO kabi geosiyosiy blok ichida nazoratni saqlab turish imkoni bo‘ladi. Umumiy dushman bormi - demak, hamma boshliq atrofida to‘planishi kerak.
Rossiya bunday siyosatchilarning sevimli mavzusidir. Ular bizni dushman, yovuz kuch qilib ko‘rsatishni yaxshi ko‘radi. Biz, albatta, bunga allaqachon o‘rganib qolganmiz, tarixan o‘rganib qolganmiz.
G‘arb ularga ma’qul kelmagan hammadan dushman yaratishga tayyor. Xitoy Xalq Respublikasidan, ma’lum vaziyatlarda, ma’lum bir vaqtda, ular Hindistondan ham dushman yaratishga urinishdi. Lekin ushbu davlatlar rahbariyati hammasini tushunadi.
Hindiston rahbariyati, aytmoqchimanki, mustaqil, juda milliy rivojlanishga yo‘naltirilgan va bu urinishlar hech qanday natijaga olib kelgani yo‘q, lekin shunga qaramay ular davom etmoqda.
G‘arb arab dunyosining alohida davlatlardan ham dushman shakllantirishga harakat qilib ko‘rishdi, ehtiyotkorlik bilan. Bir vaqt ular hatto barcha musulmonlarni ham dushmanga aylantirmoqchi bo‘lishdi.
Darhaqiqat, o‘zini mustaqil tutgan, o‘z manfaatlarini ko‘zlagan har bir kishi bir zumda G‘arb elitasi uchun to‘siqqa aylanadi va ular uni yo‘q qilishga tushadi.
Lekin bugun G‘arb davlatlari aholi orasida ham boshqacha fikrlaydiganlar soni ortib bormoqda. Ayrim davlatlarda bundaylar aksariyatni va ko‘pchillikni tashkil qiladi.
Xalqaro huquq o‘rniga allaqanday "tartib" va "qoidalar"
G‘arb tomonidan dunyoda turli sun’iy geosiyosiy tuzilmalar tatbiq etilib, yopiq bloklar formatlari yaratilmoqda. Biz Yevropada o‘nlab yillar davomida NATO kengayishini kuzatmoqdamiz. Shuningdek Osiyo-Tinch okeani hududida ham shunday urunishlar bo‘lmoqda.
Lekin bularning asl maqsadi o‘zga davlatlarning huquq va erkinliklarini cheklash, va o‘ziga kerakli, birinchi navbatda iqtisodiy manfaatlarni oldinga surishdir. Hozir AQSh va Yevropa o‘rtasidagi munosabatlarda aynan shu sodir bo‘lmoqda. Ukraina mojarosi fonidan AQShda iqtisodiy o‘sish, Yevropada esa pasayish kuzatilmoqda.
Bunga erishish uchun ular xalqaro huquqni qandaydir "tartib" bilan almashtirishga harakat qilmoqdalar - qanday "tartib"? - ma’lum "qoidalar" asosida. Qanday "qoidalar", bu "qoidalar" nima va ularni kim ixtiro qilgani mutlaqo noaniq. Bu shunchaki qandaydir bema’nilik. Ammo ular buni millionlab odamlarning ongiga singdirishga harakat qilmoqdalar.
G‘arblik, xususan, AQShlik hamkasblarimiz nafaqat bunday "qoidalar"ni o‘zboshimchalik bilan belgilab qo‘yishadi, balki ularga kim va qanday amal qilish kerakligini, umuman olganda, kim o‘zini qanday tutishi kerakligini ham o‘rgatadi. Bu mustamlakachilik tafakkurining bir ko‘rinishi.
Siz o‘zi kimsiz? Birovga aql o‘rgatishga nima haqqingiz bor? Ko‘zlaringizni oching, mustamlakachilik davri allaqachon tugagan va qaytib kelmaydi, hech qachon.
Rossiya — xilma-xillik tarafdori
Rossiya o‘ziga xos davlat-sivilizatsiya. Bizning tushunishimizda sivilizatsiya — bu ko‘p qirrali hodisadir. Dunyoda ko‘plab sivilizatsiyalar mavjud va ularning hech biri boshqasidan yaxshiroq yoki yomonroq emas. Ularning har biri o‘z xalqining intilishlari, madaniyati va an’analari namoyondalari sifatida teng huquqqa ega.
Har qanday davlat-sivilizatsiyaning asosiy xususiyati, bu xilma-xillik va o‘ziga xoslik bilan to‘liqligidir. Hammani bir yo‘singa solish, umumlashtirish - bu zamonga zid. Har bir jamiyat, davlat o‘z yo‘lidan rivojlanishni istaydi. O‘z tarixi, madaniyati, geografiy joylashuvi va qadriyatlari asosida rivojlanish natijasidagina o‘ziga xos, rivojlangan sivilizatsiyalar paydo bo‘ladi.
Asrlar davomida Rossiya turli madaniyatlar, dinlar va millatlarning mamlakati sifatida shakllandi. Rus sivilizatsiyasini bitta umumiy yo‘nalishga qisqartirib bo‘lmaydi, lekin uni bo‘lish ham mumkin emas, chunki u faqat yaxlitlikda - ma’naviy va madaniy boylikda mavjud. Bunday davlatning mustahkam birligini saqlab qolish oson ish emas.
Asrlar davomida biz eng og‘ir sinovlarga duch keldik. Biz ularni har doim, ba’zan juda katta yo‘qotishlar evaziga yengib chiqdik, lekin biz har doim kelajak uchun saboq oldik, milliy birligimiz va Rossiya davlatining yaxlitligini mustahkamladik.
Bugungi kunda bu tajriba haqiqatdan ham bebahodir. Dunyo tobora xilma-xil bo‘lib bormoqda. Barchani bir xil uslubda boshqarib bo‘lmaydi. Haqiqatdan mustaham va mustaqil davlat boshqaruvi tashqaridan bo‘lishi mumkin emas. U faqat mamlakat ichidan, xalqdan kelib chiqadi. Rossiya bunga misol bo‘lishi mumkin.
Sivilizatsiya — bu barcha uchun yagona bo‘lgan, biror universal tuzilma emas. Har bir sivilizatsiya boshqalardan farq qiladi. Ularning har biri o‘z madaniyati, qadriyatlari, tarixi va an’analariga ega. Bunda o‘ziga bo‘lgan hurmat, albatta, boshqalarning unga bo‘lgan hurmatidan kelib chiqadi, lekin bu boshqalarni hurmat qilishni ham anglatadi. Shuning uchun bir sivilizatsiya boshqasiga hech narsa majburlab o‘rgatmaydi va o‘ziga ham hech narsa tiqishtirishga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir inson aynan shu qoidaga amal qilsa, bu xalqaro munosabatlarning barcha ishtirokchilarining uyg‘un yashashi va ijodiy o‘zaro hamkorligini ta’minlaydi.
Yana bir juda muhim narsa. Inson o‘z tanlagan sivilizatsiyasiga xiyonat qilmasligi, sotmasligi (o‘zgartirishga urinmasligi) kerak. Bu ham kelajakda umumiy tartibsizlikka olib boradigan yo‘l, bu g‘ayritabiiy va jirkanch.
O‘z navbatida, biz hamisha har bir inson manfaatlarini hisobga oladigan yechimlarni taklif qilishga harakat qilganmiz va taklif qilamiz.
Rossiya xalqaro munosabatlarda intilayotgan 6 ta tamoyil
Rossiya barcha mamlakatlarni xalqaro munosabatlarning oltita tamoyiliga amalga qilishga chaqiradi.
1.
Birinchisi – unda hech kim insonlarning muloqot qilishi, ularning ijod qilishi va taraqqiy etishiga sun’iy to‘siqlar qo‘ymaydigan to‘siqsiz muhit va ochiq dunyoga intilish.
2.
Ikkinchisi – dunyoning xilma-xilligi, har qanday mamlakat yoki xalqqa unga qanday yashash kerakligini zo‘rlab o‘tqazish mumkin emasligini e’tirof etish.
3.
Uchinchisi – maksimal basavlatlik, qaror qabul qilishda kollektiv yondashuv.
4.
To‘rtinchisi – barchaning manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan mustahkam dunyo barpo etish.
5.
Beshinchisi – umumiy adolatlilik, hammaning zamonaviy taraqqiyot farovonligidan foydalanish imkoni bo‘lishi.
6.
Oltinchisi – teng huquqlilik.
Putinning ta’kidlashicha, bu tamoyillarga amal qilish bu nafaqat xalqaro hamjamiyatning tabiiy holati, bu insoniyatning butun tarixiy tajribasi kvintessensiyasi sanaladi.