Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston fuqarolari Qatarga vizasiz borish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Qatar O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy qildi.
Qatar hukumatining elektron viza berishga mo‘ljallangan rasmiy portalida mamlakatga vizasiz kirish mumkin bo‘lgan davlatlar orasida O‘zbekiston ham paydo bo‘ldi.
Qatarga vizasiz kirishning shartlari:
qaytish yoki boshqa davlatga chiqib ketish chiptasiga ega bo‘lish;
xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmasligi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning iyun oyida O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etgan edi.