Putin va Mirziyoyevning qo‘shma bayonoti

Davlat rahbarlari imzolangan ikki tomonlama hujjatlar Rossiya va O‘zbekiston orasida har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev juma kuni Kremlda bo‘lib o‘tgan muzokara yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilishdi.
Unda Rossiya — O‘zbekiston hamkorligining asosiy yo‘nalishlari sanab o‘tilgan:
1.
Rossiya va O‘zbekiston hududiy va xalqaro xavfsizlik yo‘lida o‘z sa’y harakatlarini birlashtiradi, har qanday xavflarni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan yechim topishga harakat qiladi.
2.
Tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy sohalarda vijdonsiz raqobatdan himoyalanish choralarini kelishilgan holda qabul qiladi.
3.
Ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi, jumladan hududlararo aloqalarni rivojlantirishga ham.
4.
Tomonlar uzoq muddatli eneregetik xavfsizlikni ta’minlash borasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi. Ushbu maqsadda neft va gaz sohalarida yangi obyektlar qurish davom etadi.
Tomonlar tinch atom sohasida hamkorlikni rivojlantirish rejalarini tasdiqlaydi.
5.
Tomonlar tashqi iqtisodiy faoliyatni ta’minlash maqsadida, moliya sohasida hamkorlikni davom ettiradi.
6.
Transport sohasida transport koridorlarining samaradorligini oshirish, Kaspiy, Janub va Janubiy-Osiyo yo‘nalishlarida yangi transport koridorlari yaratishga qaratilgan hamkorklik yo‘lga qo‘yiladi.
7.
Bojxona sohasida ikki tmonlama savdo uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
8.
Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash diqqat markazida bo‘ladi.
9.
Mavjud va yangi shartnomalar asosida mudofaa va harbiy-texnik sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
10.
Tibbiyot sohasida yetakchi tibbiy muassaslar hamda ta’lim tashkilotlari orasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
11.
O‘zbekistonda rus tilini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etiladi.
12.
OTM va ilmiy-tekshirish institutlari orasida hamkorlikni rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.
13.
Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston xalqalarining madaniy me’rosini asrash va o‘zaro targ‘ib qilishga qiziqish bildirishdi.
14.
Sport sohasida aloqalar rivojlantiriladi, hech qanday boykot, diskriminatsiya va siyosat aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.
15.
Tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirishda Rossiya va O‘zbekiston OAVlarining muhim rolini qayd etgan holda, axborot va kommunikatsiyalar sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
16.
Tomonlar biologik xavfsizlik sohasida hamkorlikni davom ettiradi, Bakeriologik, biologik va toksin qurollar ishlab chiqarishni ta’qiqlash Konvensiyasiga so‘zsizx amal qiladi.
17.
Tomonlar infeksion kasalliklarga qarshi kurashda hamkorlikni davom ettiradi.
18.
Tomonlar BMT Nizomi va maqsadi, xalqaro huquq normalarini to‘liq tan oladi va ularga sodiq qoladi.
19.
Tomonlar davlatlar orasida tortishuvlar, xalqaro qonunlarga zid ravishda, kimningdir siyosiy maqsadlari yo‘lida foydalanishini qoralaydi.
20.
Tomonlar ShHT va MDH doirasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanetar sohalarda hamkorlikni rivojlantiradi.
21.
Xalqaro va hududiy xavfsizlikka alohida e’tibor beriladi, YeOII doirasida hamkorlik rivojlantiriladi.
22.
Tomonlar irq, milliy, diniy va etnik belgilarga ko‘ra diskriminatsiyaning har qanday ko‘rinishini qoralaydi va xalqaro majburiyatlari doirasida bunga qarshi kurashadi.
23.
Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga alohida e’tibir beriladi. Bunda asosiy rol BMT o‘ynashi kerak.
24.
Tomonlar Ostonada 2022-yilning 14-oktabrida imzolangan "Rossiya — Markaziy Osiyo" kelishuvi faormatida hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etishadi.
Davlat rahbarlari bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar, imzolangan ikki tomonlama hujjatlar Rossiya va O‘zbekiston orasida har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishini alohida ta’kidladilar.
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Rossiya xalqiga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Rossiya prezidentini O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi. Taklif minnatdorchilik bilan qabul qilindi.