Transport vazirligi Moskvaning avtomobil oqimlarini boshqarish tajribasi bilan tanishdi

Transport vaziri Ilhom Mahkamov Moskva transport harakatini boshqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston Transport vazirligi Moskva transport harakatini boshqarish markazi bilan shahar ko‘chalarida transport tirbandliklarini kamaytirishni muhokama qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida bo‘lib turgan transport vaziri Ilhom Mahkamov Moskva transport harakatini boshqarish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Moskva transport harakatini boshqarish markazi
Ushbu markaz shahar transport harakati oqimlarini raqamli boshqarishning zamonaviy yechimlaridan samarali foydalanadi.
Moskva transport harakatini boshqarish markazi
Shuningdek, delegatsiya a’zolari avtobus bazasida tashkil etilgan mobil situatsion markaz imkoniyatlarini ham ko‘zdan kechirdi.
Moskva transport harakatini boshqarish markazi
Shu yerda yirik shaharlarda transport oqimini samarali boshqarishni tashkil etish, shahar ko‘chalarida transport tirbandliklarini kamaytirish masalalari yuzasidan markaz mutaxassislari bilan fikr almashildi.