TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston pochtasi xalqaro pochta reytingida eng katta ijobiy o‘zgarishlarni ko‘rsatib 41 pog‘onaga ko‘tarildi va "o‘sib borayotgan yulduz" sovriniga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Axborot texnologiyalari vaziri Sherzod Shermatov xabar berdi.
Sherzod Shermatovning yozishicha, aloqa sohasida eng xavotirli yo‘nalish aynan pochta edi.
Hozirda odamlar xat-xabarlarni pochta orqali emas, internet orqali yuborishi, pensiyani tarqatish banklarga o‘tganiga qaramay, oxirgi yillarda anchagina o‘zgarishlar bo‘ldi.
O‘zbekiston pochtasi xalqaro pochta reytingida "o‘sib borayotgan yulduz" sovriniga sazovor bo‘ldi
© Sherzod Shermatov
“Natijada, Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Butunjahon pochta ittifoqining favqulodda kongressi strategik sammitida O‘zbekiston "Pochta taraqqiyotining yuksaluvchi yulduzi" mukofoti bilan taqdirlandi”, — deb yozadi vazir.
"O‘zbekiston pochtasi" AJ Butunjahon pochta ittifoqi tomonidan baholanadigan davlatlarda pochta rivojlanishi darajasini baholaydigan "Integratsiyalashgan pochta rivojlanishi indeksi"da 172 davlat orasida katta ijobiy o‘zgarishlarga ega davlatlar qatorida tan olindi.