Moskvadan Toshkentga uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchi vafot etdi

Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan samolyot Urganchga shoshilinch qo‘ndi
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva-Toshkent reysini amalga oshirayotgan HY-604 samolyoti Urganch aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bortida 236 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 787 samolyoti ekipaji yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli zaxira aerodromga uchishga qaror qildi.
Toshkent vaqti bilan 16:59 da samolyot Urganch aeroportiga qo‘ndi. 1978-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi (erkak) samolyot bortida vafot etgan. Soat 18:48 da samolyot Urganchdan Toshkentga uchgan.