Mirziyoyev Putin bilan mehnat migrantlari masalalarini muhokama qildi

Kremlda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Kremlda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga har doimgidek samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining bugungi holatini yuksak baholadi.
Tomonlar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning jadal sur’atini mamnuniyat bilan qayd etdilar.
“Uchrashuv chog‘ida Rossiyada mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash masalalari ham batafsil ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.
Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari juda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda - Putin