Mirziyoyev: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanmoqda

O‘zbekiston rahbari uning Rossiyaga bu galgi tashrif dasturi mazmunga boy bo‘lishini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya munosabatlari faol rivojlanmoqda. Rivojlanish hamkorlikning hamma yo‘nalishlarida kuzatilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
“Bizning ikki tomonlama munosabatlarimiz keng qamrovli strategik sherikchilik va ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi. So‘nggi yillarda biz Vladimir Vladimirovich (Putin) va mening siyosim irodam tufayli ko‘p yutuqlarga erishdik. Hamkorligimizning barcha yo‘nalishlarida rivojlanish kuzatilmoqda”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari bu galgi tashrif dasturi mazmunga boy bo‘lishini ta’kidladi. Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlar allaqachon birgalikda ko‘p yutuqlarga erishgan, biroq ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning sezilarli salohiyati hali ham bor.
“Ishga solishimiz kerak bo‘lgan zaxiralar, resurslar bor”, - dedi prezident.
O‘zbekiston yetakchisi Rossiya bilan hamkorlik qilish mamlakat uchun muhimligini ta’kidladi.
“Kooperatsiyada Rossiya bilan bizning jiddiy niyatlarimiz bor, chunki bundan murakkab vaqtda biz birlashishimiz darkor”, - dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston rahbari Moskva va Toshkent o‘rtasida yangi natijalarga erishilgan kooperatsiyaning ko‘p yo‘nalishlari borligini qo‘shimcha qildi.
Rossiya va O‘zbekiston ittifoqchilik munosabatlarning yangi sahifasini ochmoqda – Mishustin