Kanadalik bosh vazir Trudo bilan qo‘l berish so‘rashishdan bosh tortdi – video

Fuqaro bosh vazirga u “mamlakatni yo‘qotganini” aytgan va jamoat pullari evaziga Ukrainani moliyalashtirishda ayblagan.
Sputnik
TOShKENT, 6 okt — Sputnik. Kanada bosh vaziri Jastin Trudo unga qo‘l berish so‘rashishdan bosh tortgan va hukumatni Ukrainani moliyalashtirish uchun tanqid qilgan fuqaro bilan tortishib qoldi. Bu aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
Bosh vazir odamlar bilan so‘rashish uchun mashinadan tushgan, bir necha kishi bilan qo‘l berib so‘rashgan. Uchinchi fuqaroning oldiga kelganida u Trudo bilan qo‘l berib so‘rashishdan bosh tortgan. Erkak bosh vazirga u “mamlakatni yo‘qotganini” aytgan va jamoat pullari evaziga Ukrainani moliyalashtirishda ayblagan.
“Siz ularni (pullarni – tahr.) Ukrainaga jo‘natapsiz-a? Siz ularni o‘z mamlakatini o‘ldirayotgan yigitga yuborapsizmi?” – deya savol bilan yuzlangan fuqaro bosh vazirga.
Trudo ayblovlarni rad etib, ularni Rossiya propagandasi deb atagan.
“Siz Putinni tingladingizmi? Siz Rossiyadan ko‘p feyklarni bilasiz”, - deb Kanada bosh vaziri buralib ketib qolgan.
Fuqaro uning ortidan Trudoning feyklarini tinglamasligini aytib qichqirib qolgan.
“Qanday sharmandalik”: Lavrov Kanada bosh vaziri haqida