Xanchjou-2022: Abdumalik Xalokov ham oltin medalni qo‘lga kiritdi

Boks bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Abdumalik Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni keltirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Boks bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Abdumalik Xalokov oltin medalni qo‘lga kiritdi.
-57 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschi finalda yaponiyalik Shudai Haradani mag‘lub etib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.