Dollar tushdi — 6-oktabrda amalda bo‘ladigan valyutalar kursi

Dollar so‘mga nisbatan 9,80 so‘mga arzonlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 6-oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 9,80 so‘mga arzonlashdi va 12 198,12 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,68 so‘mga qimmatlashdi va 12 817,78 so‘mga teng bo‘ldi.
Rubl esa 0,52 so‘mga arzonlashdi, 122,27 so‘mni tashkil qildi.