TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin va Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi, qator obyektlarga tashrif buyurilishi rejalashtirilgan.
Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.