TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Rossiya barcha mamlakatlarni xalqaro munosabatlarning oltita tamoyiliga amalga qilishga chaqiradi. Bu tamoyillarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozaralar klubining yalpi majlisida sanab o‘tdi.
1.
Birinchisi – unda hech kim insonlarning muloqot qilishi, ularning ijod qilishi va taraqqiy etishiga sun’iy to‘siqlar qo‘ymaydigan to‘siqsiz muhit va ochiq dunyoga intilish.2.
Ikkinchisi – dunyoning xilma-xilligi, har qanday mamlakat yoki xalqqa unga qanday yashash kerakligini zo‘rlab o‘tqazish mumkin emasligini e’tirof etish.3.
Uchinchisi – maksimal basavlatlik, qaror qabul qilishda kollektiv yondashuv.4.
To‘rtinchisi – barchaning manfaatlarini hurmat qilishga asoslangan mustahkam dunyo barpo etish.5.
Beshinchisi – umumiy adolatlilik, hammaning zamonaviy taraqqiyot farovonligidan foydalanish imkoni bo‘lishi.6.
Oltinchisi – teng huquqlilik.Putinning ta’kidlashicha, bu tamoyillarga amal qilish bu nafaqat xalqaro hamjamiyatning tabiiy holati, bu insoniyatning butun tarixiy tajribasi kvintessensiyasi sanaladi.