Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi — video, foto

Oliy martabali mehmonni Tatariston raisi Rustam Minnixanov va Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov kutib oldi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi. Oliy martabali mehmonni Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportida Tatariston raisi Rustam Minnixanov va Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov kutib oldi.
1 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

2 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

3 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

4 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

5 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

6 / 6

Mirziyoyev Tataristonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Tataristonga tashrifi davomida mamlakat sanoat salohiyati ko‘rgazmasiga (“Kazan-Expo” XKM) tashrif buyuradi. “Rossiya – O‘zbekiston” mintaqalar forumi yakunlari bilan tanishadi. Qozon shahridagi B. Rameyev nomidagi yuqori texnologiyalar texnoparki va bir qator boshqa obyektlarga tashrif buyuradi. Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan Qozon Kremlida uchrashuv rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. Tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari Qozon va Moskva shaharlarida bo‘ladi, tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan uchrashadi.