Keniyada noma’lum kasallik: o‘nlab qizlarning qo‘l-oyoqlari falaj bo‘lib qoldi

Kakamega okrugida kamida 95 nafar maktab o‘quvchisi mutaxassislar hozirgacha aniqlay olmagan kasalikka chalingan.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Noma’lum kasallik Keniyada 90 nafardan ziyod qizlarning qo‘l-oyoqlari falaj bo‘lib qolishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Keniyaning NTV telekanali xabar qildi.
Mamlakatning sharqidagi Kakamega okrugida qizlar uchun maktabning kamida 95 nafar o‘quvchisi mutaxassislar hozirgacha aniqlay olmagan kasalikka chalingan. Barcha qizlar kasalxonaga yotqizilgan.
Hukumat bu hududga yetakchi tibbiyot xodimlarini yuborgan. Ular bu kasallikning kelishib chiqishini imkon qadar tezroq aniqlashi kerak.