TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Toshkentdagi kinofestivalda ishtirok etgan aktor Kevin Speysida aslida biroz yengil holsizlik kuzatilgan, yurak xurujiga shubha qilingani haqida gap bo‘lmagan, dep yozmoqda RIA Novosti.
Britaniyaning Sun gazetasi avvalroq Speysining Toshkentdagi kasalxonaga yotqizilishi haqida yozgan edi.
Tashkiliy qo‘mita vakilining aytishicha, ekskursiya paytida aktorning qo‘li bir necha soniya davomida uvishgan, shifokorlar xavf yo‘qligini tasdiqlashgan.
"Speysining o‘zi uzoq vaqt oldin uyga uchib ketgan, uning ahvoli yaxshi", — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Kevin Speysi 29-sentabrdan 3-oktabrgacha bo‘lib o‘tgan XV Toshkent xalqaro kinofestivalida ishtirok etdi.