Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi — natija

O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa davomida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 5 ta medal jamg‘arishdi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
O‘zbekistonlik sportchilar musobaqa davomida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, jami 5 ta medal jamg‘arishdi.
Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan atletlar:
Oltin medal: Sharifa Davronova (uch hatlab sakrash), Safina Sadullayeva (balandlikka sakrash);
Kumush medal: Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash), Yekaterina Voronina (ko‘pkurash);
Bronza medal: Suhrob Xodjayev (bosqon uloqtirish).
O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida umumiy hisobda 54 ta medalga ega chiqdi. Unga ko‘ra, sportchilar 16 ta oltin, 16 ta kumush va 22 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
1 / 5
2 / 5
3 / 5
4 / 5
5 / 5