Xanchjou-2022: Bahodir Jalolov ham Osiyo o‘yinlari chempioni

Jalolov finalda azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev ustidan g‘alaba qozondi.
Sputnik
TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Xitoyda o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida Bahodir Jalolov oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Boks bo‘yicha O‘zbeksiton terma jamoasi a’zosi Bahodir Jalolov (+92 kg) final bahsida azaliy raqiblaridan biri qozog‘istonlik Kamshibek Konkabayev ustidan yana bir bor g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi.
Avvalroq Hasanboy Do‘smatov va Abdumalik Xalokov O‘zbekiston delegatsiyasiga oltin medallarni taqdim etgan edi.