TOShKENT, 5 okt — Sputnik. Ukraina AQShning moliyaviy ko‘magisiz bir necha haftadan keyin jiddiy muammolarga duch kela boshlaydi. Bu haqda CNN telekanali o‘z manbalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, Kevin Makkarti lavozimidan chetlatilganidan keyin AQSh Kongressi Vakillar palatasining yangi spikerini saylash kelasi hafta bo‘lib o‘tishi inobatga olinsa, “yangi yordamga bo‘lgan umid uncha katta emas”.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti ma’muriyati vakillari qonun chiqaruvchilarni Kiyev hukumatiga yangi yordamni ma’qullash masalasida “vaqt asosiy ahamiyatga ega bo‘lishidan” ogohlashtirishmoqda.
Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden hukumat ishlarini 45 kunlik muddatga – 17-noyabrgacha davom ettirishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Biroq hujjatda Ukraina ehtiyojlari uchun mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmagan.