TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Ukrainada 500 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi asirlikda, deya ma’lum qildi DXR rahbari Denis Pushilin "Solovyev Live" efirida.
“Ukrainada 500 ga yaqin rossiyalik harbiy xizmatchi bor (asirlikda – tahr.). Bu raqam taxminiy, chunki buni tasdiqlash juda qiyin”, - dedi siyosatchi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada asirlikda minglab odamlar bor.
Pushilinning qo‘shimcha qilishicha, tomonlar ilgari ma’lumot almashgan, ammo hozir ma’lumot olish ancha qiyin, chunki “Ukrainaga bularning hech biri kerak emas”.
Moskva va Kiyev muntazam ravishda mahbuslarni almashtirib turadi. Joriy yil iyun oyida Rossiya Mudofaa vazirligi 94 nafar, aprelda esa yuzdan ortiq harbiy xizmatchi mamlakatga qaytganini e’lon qildi.