Toshkentga Dog‘iston muftiyati keldi — tashrifdan maqsad

O‘zbekiston musulmonlari idorasi: yaqin hamkorlik ikki tomon uchun ham manfaatli va dinimiz rivojiga turtki bo‘ladi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentga Dog‘iston respublikasi muftiyati tashrif buyurdi, deya xabar berdi O‘zbekiston musulmonlari idorasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov Dog‘iston respublikasi delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Ishmatbekov Dog‘iston delegatsiyasi vakillarini O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirdi.
Toshkentga Dog‘iston muftiyati keldi
Qayd etilishicha, keyingi paytda Fatvo bo‘limi alohida markazga aylangani, haj kvotasi yildan yilga ortib borayotgani, umra bo‘yicha cheklovlar bekor qilingani va yil davomida ziyoratlar tashkil etilmoqda.
Toshkentga Dog‘iston muftiyati keldi
O‘z navbatida, Dog‘iston muftiyati vakili Murod Ismoilov samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, mamlakat muftiysi Shayx Ahmad Abdullayevning salom va Mavlid oyi tabrigini yetkazdi. Shuningdek, u O‘zbekistonda diniy jabhadagi o‘zgarish va o‘zaro yaqin hamkorlik aloqalaridan Dog‘iston tomoni juda mamnun ekanini bildirdi.
Camimiy muloqot davomida diniy-ma’rifiy soha vakillarining o‘zaro yaqin hamkorligi ikki tomon uchun ham manfaatli va dinimiz rivojiga ham turtki bo‘lishi aytib o‘tildi.