Toshkent “Agroekspress” loyihasini kengaytirishdan manfaatdor — Asadov

O‘zbekiston Rossiya tomoni bilan “Agroekspress” loyihasi doirasida yetkazib berish geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari ustida ishlamoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya tomoni bilan “Agroekspress” loyihasi doirasida yetkazib berish geografiyasini kengaytirish imkoniyatlari ustida ishlamoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“2023-2024 yillarda tezlashtirilgan temir yo‘l transportidan foydalangan holda o‘zaro mahsulot yetkazib berishni ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Biz nafaqat Toshkent-Moskva yo‘nalishida, balki O‘zbekiston va Rossiyaning boshqa viloyatlaridan ham yetkazib berishni tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganmoqdamiz”, — dedi diplomat.
Asadovning ta’kidlashicha, yaqin kunlarda Jizzaxda yiliga 810 ming tonnagacha mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega agrar majmua ishga tushadi.
"Agroekspress" - bu Rossiya temir yo‘llari logistikasi va RES kompaniyasining Xitoy, Turkiya va MDH mamlakatlariga ekspress konteyner poyezdlari yordamida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha ixtisoslashgan xizmati.
Yo‘nalishlar ro‘yxatini kengaytirish va zamonaviy transport yechimlarini qo‘llash, sovutgichli konteynerlar va fleksitanklarni qo‘llash orqali xizmat ko‘rsatish doimiy ravishda takomillashtirilmoqda. Iyun oyida mazkur xizmatni joriy etish bo‘yicha O‘zbekistonning "Uzagrologistics Centers" kompaniyasi bilan shartnoma imzolangan edi.
“Yashil yo‘lak” tamoyili bo‘yicha yuklarni tashish O‘zbekistondan Rossiyaga mahsulotlarni maksimal besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda yetkazib berishni ta’minlaydi.
"Agroekspress" poyezdi uchun Jizzaxda logistika markazi paydo bo‘ladi