Qashqadaryodagi tog‘larda birinchi qor yog‘di — foto

“Hisor” davlat qo‘riqxonasida birinchi qor yog‘di.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Qashqadaryo viloyati “Hisor” davlat qo‘riqxonasida birinchi qor yog‘di. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
“Hisor” davlat qo‘riqxonasida birinchi qor yog‘di. Qo‘riqxona Qashqadaryo viloyatida Hisor tizmasining g‘arbiy yon bag‘irlarida dengiz sathidan 1750-4546 m balandlikda joylashgan.
Qashqadaryo viloyati “Hisor” davlat qo‘riqxonasida birinchi qor yog‘di.

Qo‘riqxona geografik jihatdan 4 ta alohida hududga – Qizilsuv, Miraki, G‘elon va Tanxozdaryo bo‘limidan iborat. Oxirgisi eng baland tog‘lar bo‘lib, qo‘riqxonadagi eng yirik darolardan Oqsuv, Tanxozdaryo va Qizilsuv darolari joylashgan.

Qo‘riqxona hududining umumiy maydoni 80986,1 gektarni tashkil etadi. Landshaftlar, asosan, baland tog‘lar, Alp o‘tloqlari, dag‘al qirlar va qoyalardan iborat. “Hisor”ning baland tog‘li qismida O‘zbekistondagi eng katta muzliklar — "Svertsov" va "Boturboy" muzligi joylashgan.
Qashqadaryo viloyati “Hisor” davlat qo‘riqxonasida birinchi qor yog‘di.
Elatib o‘tamiz, o‘tgan yili noyabr oyida O‘zbekistonda uch kunlik yog‘ingarchilikdan so‘ng tog‘larda 20 sm qalinlikdagi qor qoplami hosil bo‘lgandi. Mamlakatdagi uch kunlik yog‘ingarchilik 2022-2023 yillar uchun qish mavsumini ochib bergan.