Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston “bronza” uchun kurashadi

O‘zbekiston U-23 Janubiy Koreyaga 1:2 hisobida yutqazdi va Osiyo o‘yinlari final yo‘llanmasidan mosuvo bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Xitoydagi Osiyo o‘yinlarining yarim finalidan o‘rin olgan O‘zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Shiddatli ketgan bahsda raqiblar 4 daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. 25-daqiqaga kelib Jasurbek Jaloliddinov jarima to‘pidan ajoyib gol urdi va hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqa janubiy koreyaliklar yana gol urib, oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo‘limda hisob o‘zgarmadi - 1:2.
Shu tariqa, Koreya finalga chiqdi, O‘zbekiston terma jamoasi esa 7-oktabr kuni bronza medali uchun Gonkongga qarshi maydonga tushadi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston guruh bosqichida Gonkong ustidan 1:0 va 2:1 hisobida zafar quchib, keyingi bosqichga guruh yetakchisi sifatida yo‘l olgan edi.