O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston OTM rektorlari forumining asosiy qismi boshlandi

Forumda ikki mamlakatdan 180 ga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bugun O‘shda O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumining asosiy qismi boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Oliy ta’lim tizimida integratsiya, hamkorlik va innovatsiyalar” mavzusidagi mazkur tadbirda ishtirok etish uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Qirg‘izistonda bo‘lib turibdi.
Formuda, shuningdek, ikki mamlakatdan 180 taga yaqin oliy ta’lim muassasalari rektorlari va boshqa yirik ta’lim tashkilotlari vakillari ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi
"Bugun forumning asosiy qismi boshlangan. Unda ishtirokchilar ikki davlat oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda. Shuningdek, oliy ta’lim transformatsiyasi masalalari muhokama qilinmoqda", — deyiladi xabarda.
Forum dasturiga muvofiq, 3-oktabr kuni delegatsiya a’zolari Botirali Siddiqov nomidagi Qirg‘iz-O‘zbek xalqaro universitetiga tashrif buyurib universitet faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Shuningdek, ular “Sulaymon tog‘ muzeyi”da tashkil etilgan ekskursiyada qirg‘iz xalqining etnik kelib chiqishi tarixi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
1 / 5

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi

2 / 5

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi

3 / 5

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi

4 / 5

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi

5 / 5

O‘zbekiston-Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining I xalqaro forumi

Bugun O‘shda O‘zbekiston va Qirg‘iziston OTM rektorlarining birinchi forumi boshlanadi