Metroning Chilonzor yo‘nalishida texnik nosozlik sodir bo‘ldi

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Bugun, 4-oktabr kuni, soat taxminan 07:55 lar atrofida Chilonzor yo‘nalishining "Chinor" (5-bekat) bekatidan harakatlanishi kerak bo‘lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatildi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Buning natijasida bu harakat tarkibi belgilangan vaqtda harakatlana olmagan.

Yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirmaslik va harakat jadvalini buzmaslik maqsadida, harakat tarkibi uning ortidagi yo‘lovchilarsiz bo‘lgan poyezd orqali tirkamaga olinib, tekshiruv yo‘lagiga olib borilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishdagi barcha poyezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.