Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Maxsus operatsiya: 4-oktabrning asosiy voqealari

Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish bo‘yicha maxsus harbiy operatsiyasi, belgilangan maqsadlar yo‘nalishida, muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi 4-oktabr hisoboti:

Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhining bo‘linmalari Andreevka, Vodanoe va Nevelskoe aholi punktlari hududlarida UQKning 5, 59 moto-o‘qchi va 53-mexanizatsiyalashgan brigadalarining hujum guruhlarining to‘rtta hujumni qaytardi. Dushman yo‘qotishlari 165 nafargacha harbiy xizmatchi (halok bo‘lgan va yaralangan), uchta mashina, ikkita zirhli jangovar mashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi va radioelektron kurash stansiyasini tashkil qildi.
Konstantinovka aholi punkti hududida UQKning 24-mexanizatsiyalashgan brigadasining o‘q-dorilar ombori vayron qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi Yampolovka va Serebranskiy o‘rmon xo‘jaligi hududida UQKning 21-mexanizatsiyalashgan brigadasi va 12chi "Azov" (Rossiyada ta’qiqlangan) maxsus kuchlar brigadasining 2 ta hujumini qaytardi. Kun davomila 50ka yaqin harbiy xizmatchi yo‘q qilindi, ikkita zirhli jangovar mashina va ikkita D-30 gaubitsasi ham zarar ko‘rdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida "Sharq" qo‘shinlari guruhi Priyutnoe aholi punkti hududida 127-hududiy mudofaa brigadasining hujumini qaytardi. Bundan Novomixaylovka aholi punkti hududida UQKning 72-mexanizatsiyalashgan brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berildi. Dushman yo‘qotishlari 185 nafargacha harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashinasi va D-20 gaubitsasini tashkil qildi.
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Sinkovka, Berestovoe, Stelmaxovka va Artemovka aholi punkti hududida UQKning 25-havo-desant, 32, 115-mexanizatsiyalashgan brigadalari va 103-hududiy mudofaa brigadasining shaxsiy tarkibi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida 30 ga yaqin ukrainalik harbiylar, bir tank va ikkita mashina yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, Shiykovka qishlog‘i hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radar stansiyasi yo‘q qilindi. Xarkov viloyatining Kupansk va Liptsi aholi punktlari hududlarida UQKning 41-mexanizatsiyalashgan brigadasining raketa va artilleriya qurollari omborlari, shuningdek, 113-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilari yo‘q qilindi.
Zaporojye yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Malaya Tokmachka va Verbovoe aholi punktlarining shimoli-g‘arbiy qismida UQKning 46-aeromobil brigadasi va Ukraina Milliy gvardiyasining 15-brigadasi ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi, 45 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi va ikkita mashina yo‘q qilindi.
Artilleriyaga qarshi jang paytida "Msta-B" va D-30 gaubitsalari, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M119 to‘pi zarbaga uchradi.
Xerson yo‘nalishida zarbalar natijasida 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita avtomashina, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi. Shuningdek, Xerson shahridagi 126-hududiy mudofaa brigadasining o‘q-dorilar omboriga zarba berildi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi 114 ta hududda joylashgan dushman shaxsiy tarkibi va harbiy texnikasiga zarba berdi. Nikolayev viloyatining Krinichki posolkasi hududida havo nishonlarini aniqlash va kuzatish P-18 radar stansiyasi yo‘q qilindi.
DXRning Paraskoviyevka, Krasnoe va LXRning Chervonaya Dibrova aholi punktlari hududlarida UQKning 79-havo desant, 5-shturm brigadasi va 100-mudofaa brigadasi bo‘linmalarining qo‘mondonlik va kuzatuv punktlariga zarba berildi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Dnepropetrovsk viloyati, Soldatskoe qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida Ukrainaning ikkita "Neptun" kemaga qarshi raketalarini, AQShda ishlab chiqarilgan JDAM boshqariluvchi havo bombasini, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS va "Grad" reaktiv tizimlarining 7ta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, DXRNing Vasilevka, Kropivniskiy, Peski, Zaporoje viloyatining Verbovoe, Mirnoe, Ulyanovka, Ilchenkovo, LXRning Krasnorechenskoe, Belogorovka, Xarkov viloyatining Velikiy Viselok aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 74 ta uchuvchisiz apparatlari elektron kurash vositalari yordamida yo‘q qilindi va bostirildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 484 samolyot, 250 vertolot, 7 491 uchuvchisiz uchish apparati, 440 zenit-raketa tizimi, 12 326 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1160 ko‘p martalik jangovar texnika. raketa tizimlari, 6 642 dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 13 789 dona maxsus harbiy avtomobillaridan mahrum bo‘ldi.