TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Kongressmen Trampni AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri lavozimiga taklif qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga Kevin Makkarti iste’foga chiqqanidan so‘ng bo‘shab qolgan Vakillar palatasi spikeri lavozimini taklif qilishdi, bu tashabbus kongressmen Troy Nils tomonidan ilgari surildi.
“Men Trampni Vakillar palatasi spikeri lavozimiga nomzod qilib ko‘rsataman”, - deb yozdi qonunchi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Yanvar oyida spikerlik uchun ovoz berishning ko‘p raundlarida Trampning nomi allaqachon eshitilgan edi. Xususan, Makkartining iste’foga chiqishi tashabbuskori bo‘lgan Mett Gets uning lavozimga tasdiqlanishini yoqlab chiqdi.