1957 yil 4-oktabr soat 22:28 da insoniyatning fazoni o‘zlashtirish davri boshlangan. “Sputnik-1” Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan uchirilgan.
Uni orbitaga Sergey Korolovning R-7 qit’alararo ballistik raketasi olib chiqqan. Yo‘ldosh to‘rtta antennaga ega sharsimon shaklda edi, massasi – 83,6 kg, diametri – 0,58 m.
Yo‘ldosh yer atrofini 1440-marta aylanib, qariyb 60 mln km uchib, 1958-yil 4-yanvargacha aylanib yurdi.