O‘zbekiston birinchilar qatorida “yashil”likni targ‘ib qilishni boshladi.
Al Bidda parkining 1.7 mln kv.m. maydonida tashkil etilgan ko‘rgazmalar majmuida dunyoning 80 ta davlati ishtirok etmoqda.
Davlatlar 3 million tashrif buyuruvchiga o‘z imkoniyat va tashabbuslarini namoyish qilishmoqda. Bu ish uchun 2500 ko‘ngilli beg‘araz yordam ko‘rsatmoqda.
Ko‘rgazmaga qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan jami 5 tonnadan iborat 112 turdagi eksportbop va sarhil mahsulotlar olib borilgan.
O‘zbekistondan keltirilgan non mahsulotlari.
O‘zbekistonda yetishtirilgan dukakli mahsulotlar.
Sohaga eng zarur bo‘lgan uchuvchisiz uchish apparatlarining ham taqdimoti o‘tkazilmoqda.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum, nok, poliz ekinlari va quritilgan mevalar ham ko‘rgazmaga qo‘yildi.
O‘zbekistonda yetishtirilgan uzum, nok, poliz ekinlari va quritilgan mevalar ham ko‘rgazmaga qo‘yildi.
Barcha turdagi poliz ekinlari, dukakli, quritilgan va xo‘l mevalar, sabzovotlar, ko‘katlar, keng turdagi sanoat mahsulotlari namoyishga qo‘yilgan.
O‘zbekiston pavilonining rasmiy ochilish marosimiga Qatar davlatining rasmiy shaxslari tashrif buyurdi.
O‘zbekiston pavilonining rasmiy ochilish marosimiga Qatar davlatining rasmiy shaxslari tashrif buyurdi.
Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar davlatlarining yirik kompaniyalari bilan quritilgan meva, sabzavotlarga hamda mikroko‘katlarni yetishtirish va restoranlarda qo‘llash buyicha muzokaralar o‘tkazildi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan paxtachilik, gallachilik, urug‘chilik , “In vitro” kabi yangi ishlanmalar ham namoyish qilinmoqda.
Ko‘rgazmada musiqiy chiqish va milliy soz navolari ijrosi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazmada musiqiy chiqish va milliy soz navolari ijrosi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida mamlakatga ajratilgan maydon barcha hohlovchilarni sig‘dira olmadi. Tashkilotchilar iltimosiga ko‘ra tadbir yana bir necha soatga uzaytirildi.